"Roma" safarda "Bolonya"ni sezmay o‘tdi
Bugun shuningdek Italiya A Seriyasining 31-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv o‘z yakuniga etdi. "Bolonya" maydoniga safar uyushtirgan "Roma" safardan ishonchli g‘alaba bilan qaytdi. "Renato DalAra" stadionida kechgan bahsda Fasio, Salax va Jekolar kiritgan gollar "bo‘rilar"ning 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
«Bolonya» - «Roma» - 0:3 (0:2)
Gollar: Fasio 25, Salax 41, Jeko 75.
«Bolonya»: Mirante, Gastaldello, Masina, Kraft, Mayetta (Torosidis 76), Jemaili, Pulgar, Verdi (Di Franchesko 46), Nad (Petkovich 63), Kreychi, Destro.
«Roma»: Щesny, Manolas (Vermalen 78), Jezus, Ryudiger, Fasio, Strotman, de Rossi, Nainggolan, Salax, El-Shaaravi (Perotti 65), Jeko (Totti 85).
Ogohlantirishlar: Manolas 38, Strotman 69, Mayetta 69, Jemaili 75, Petkovich 85.
Fikrlar