
"Roma" Shomurodovning o‘rnini APL hujumchisi bilan to‘ldirdi
Irlandiyalik hujumchi Evan Fergyuson "Brayton"dan "Roma"ga ijara asosida o‘tganini Rim klubi matbuot xizmati e’lon qildi.
20 yoshli futbolchi bilan tuzilgan ijara shartnomasi muddatiga aniqlik kiritilmagan, shartnomada sotib olish imkoniyati ham bor. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, Fergyusonning transferi "Roma"ga 40 mln evroga tushadi.
Fergyuson Rim klubida 11-raqam ostida harakat qiladi. Hujumchi 2022 yilning noyabr oyida Irlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan va 18 ta o‘yinda to‘rtta gol urgan.
Fevral oyidan beri Fergyuson Londonning "Vest Xem Yunayted" jamoasida ijara asosida o‘ynamoqda. Futbolchi "bolg‘achilar"ning sakkizta o‘yinida ishtirok etgan. Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Irlandiya terma jamoasi hujumchisining ayni damdagi narxi 25 mln evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar