
"Roma" va "Inter" argentinalik darvozabon uchun kurash boshladi
"Inter" va "Roma" klublari "Udineze" darvozaboni Xuan Musso uchun kurash boshladi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Roma" murabbiylar shtabi jamoaning asosiy darvozaboni Pau Lopesning ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan qoniqmayapti. Shu sababli ular yangi posbon qidirishni boshlab yuborgan. "Inter" esa 36 yoshli Samir Xandanovichga munosib o‘rinbosar qidirmoqda.
O‘z navbatida "Udineze" 26 yoshli argentinalik futbolchining transferidan 20 million evro ishlab olmoqchi.
Musso joriy mavsum “Udineze” safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 27 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar