"Roma" va "Milan" o‘zaro futbolchi almashtiradi

  • 18 yanvar, 2020, 07:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" va "Roma" yaqin vaqtlar ichida o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin.

Tecno

Sky Sports nashrining yozishicha "rossonerilar" safiga “bo‘rilar” futbolchisi Jengiz Under ko‘chib o‘tadi va buning evaziga Rimga “Milan” forvardi Suso yo‘l oladi. Ushbu kelishuv yakunlanish arafasida.

Ta’kidlash kerakki, har ikkala futbolchi ham keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga beriladi.

Ma’lumot uchun, Suso joriy mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Under esa 13 ta o‘yinda ishtirok etib 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!