
"Roma" yulduzlari eng yaxshi degan nom uchun kurashmoqda!
"Roma" o‘z rasmiy sahifasi orqali klubning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Unda Temmi Abraxam, Brayan Kristante, Edoardo Bove hamda Geynrix Mxitaryan ishtirok etyapti. Temmi o‘tgan oyda 5 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol muallifiga aylandi. Kristante ham shuncha bahsda qatnashib, 1 bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
19 yoshli Bove 2 ta bellashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, Mxitaryan hisobida 4 o‘yin va 1 assist bor. Muxlislar klub rasmiy saytiga kirib, so‘rovnomada ishtirok etishi mumkin.
Fikrlar