“Roma” zo‘r hujumchi transferini hal qildi. Maoshga pul topilsa bo‘ldi!

  • 7 dekabr, 2022, 22:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati yanvarda “Barselona” hujumchisi Memfis Depayni Rimga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Ana shu maqsada klub sport direktori Tyagu Pinto Kataloniya vakillari bilan niderlandiyalik hujumchining "Roma" loyihasidagi o‘rnini muhokama qilgan va kelajak rejalar bilan tanishtirgan.

Depayning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga yarim mavsum qoldi. Shu bois, uni olish uchun 2 million evro kifoya qiladi. Tomonlar bu transferga rozi.

“Roma” oldidagi yagona to‘siq Depayning maoshi. Bu hujumchi katta maosh talab qiladigan futbolchilar toifasiga kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!