
“Roma”da katta yo‘qotish!
Joze Mourino katta umidlar bilan “Roma”ga olib kelgan Jorjino Veynaldum uzoq muddat jamoasiga yordam bera olmaydi.
Niderlandiyalik yarim himoyachi jamoa mashg‘ulotlari vaqtida o‘ng oyog‘idan shikastlangan edi.
Aniqlanishicha, futbolchining boldir suyani singan. Agar Veynaldumning jarohatini operatsiya qilishga to‘g‘ri kelsa, futbolchi uch oyga yaqin vaqt davomida maydondan tashqarida qoladi.
Jorjino joriy yilning oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi mumkin.
“Roma” 31 yoshli futbolchini PSJdan keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olgan.
Fikrlar