"Roma"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Abraxam "Milan"ga qarshi o‘yindan keyin nimalar dedi?

  • 9 yanvar, 2023, 07:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 17-turida "Roma" o‘z maydonida amaldagi chempion "Milan" bilan durang o‘ynadi, 2:2. Rimliklarning ikkinchi goli muallifi Temmi Abraxam ushbu bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Sabr qilishni talab etadigan qiyin bellashuv bo‘ldi. Imkoniyat yuzaga kelishini bilardik, men bunga ishongandim. Buning uchun yakunda gol bilan taqdirlandim. Tanaffusda sheriklarimga hali hech narsa yo‘qotmaganimizni aytdim.

Oxirgi 2 uchrashuvda durang va g‘alaba qayd etdik, menimcha, natijamiz yomon emas. Shunday davom etishimizga umid qilaman",-dedi angliyalik hujumchi DAZN nashriga bergan intervyusida.

"Bo‘rilar" 87-daqiqada hisobni qisqartirgan bo‘lsa, hakam tomonidan asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda muvozanatni tikladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!