"Roma"ning ikki nafar futbolchisi "Milan"ning nishonida
Yakunlangan mavsum Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan “Milan”ning yangi mavsumda ham maqsadlari yuqori.
“Rossonerilar” yozgi transferlar davrida o‘z safini mahoratli futbolchilar bilan kuchaytirishni rejalashtirgan. Tuttosport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Milan"ning e’tibori "Roma"ning ikki futbolchisiga qaratilgan. Bular yarim himoyachilar - Brian Kristante hamda Jordan Veretu.
Rim klubi 27 yoshli italiyalik futbolchining transferini 25 mln evroga, 29 yoshli frantsiyalik futbolchini esa 20 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar