
“Roma”ning transferi barbod bo‘ldi
“Roma” hujumchisi Jastin Klyuyvert “Fulxem”ga ko‘chib o‘tishi kerak edi. Biroq, yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida bu transfer barbod bo‘ldi.
Joze Mourino niderlandiyalik futbolchiga ishonch bildirmasligini ma’lum qilganidang keyin 23 yoshli hujumchi bir necha klublar bilan muzokara olib bordi.
“Fulxem” tarkibini kuchaytirish uchun Klyuyvert uchun xarajat qilishga rozi bo‘lgandi. Angliyaliklar hujumchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsum ijaraga olayotgan edi.
Sky Sports nashrining ta’kidlashicha, Jastin Klyuyvert Angliyada ishlash uchun mehnat vizasini qo‘lga kirita olmagan.
Klyuyvert 2018 yili “Ayaks”dan “Roma”ga transfer qilingan. Biroq, iste’dodli hujumchi Rim klubida asosiy tarkibga kira olmaganidan keyin “Leyptsig” va “Nitstsa” jamoalariga ijaraga jo‘natilgan edi.
Fikrlar