
Romano: Felish "Barsa" futbolchisi
"Barselona" transferlar oynasining so‘nggi soatlarida Joau Felish transferini hal qildi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. "Atletiko" bilan kelishuvga erishildi. Shuningdek, futbolchi La Liga ro‘yhatidan ham o‘ta oladi.
Ma’lum bo‘lishisha, vinger sotib olish sharti bilan ijara asosida kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shiladi. U ayni damda klub qarorgohida bo‘lib turibdi.
Felishning transferi tez orada e’lon qilinadi. Unga 10-raqam topshirilishi kutilmoqda.
Fikrlar