Romano «PSJ»ning ehtimoliy yangi darvozaboni kelajagini qachon muhokama qilishini aytdi

  • 10.08.2026 12:12
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli futbol insayderi Fabrizio Romano «Pari Sen-Jermen» klubi tomonidan ehtimoliy yangi darvozabon, «Parma» sharafini himoya qilayotgan yapon futbolchisi Dzion Sudzuki bo‘yicha ma’lumot berdi.

 

Romano ma’lumotiga ko‘ra, «Pari Sen-Jermen» Dzion Sudzuki transferi bo‘yicha «Parma» bilan kelishuvga juda yaqin. Kutilmoqda, bitim umumiy qiymati 35 million yevro atrofida bo‘ladi.

Shu bilan birga, yapon darvozabonning keyingi mavsumda qaerda o‘ynashi hali aniq emas. Romano yozishicha, Sudzuki transferdan so‘ng «Yuventus» klubiga ijaraga berilishi yoki «PSJ» tarkibida qolishi mumkin. Bu, ayniqsa, Lyuka Shevalye jamoani tark etgan taqdirda dolzarb bo‘ladi. Insayderga ko‘ra, ushbu masala bo‘yicha muzokaralar kelasi haftaning boshida davom ettiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Dzion Sudzuki 2024 yil yozida Belgiya «Sent-Truyden» klubidan «Parma»ga 7,5 million yevro evaziga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u 22 o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol o‘tkazib yubordi va olti marta darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi. Shuni ham qayd etish kerakki, «PSJ» tarkibida rossiyalik darvozabon Matvey Safonov ham to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!