Romanoli: “Milan” ikkita ahmoqona gol o‘tkazib yubordi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Milan” jamoasi markaziy himoyachisi Alessio Romanoli “Arsenal”ga qarshi (0:2) Evropa Ligasi nimchorak final ilk o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Nazarimda uchrashuvni yomon boshlamadik, lekin ikkita ahmoqona gol o‘tkazib yubordik va bu bizni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Javob o‘yinida vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz. Endi yo‘qotadigan narsamiz yo‘q”, – dedi himoyachi.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” va “Milan” o‘rtasidagi javob bellashuvi 15 mart kuni London shahridagi “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!