Romelu Lukaku «Fenerbaxche»ga o‘tishga rozi bo‘ldi
«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku «Fenerbahçe» safiga o‘tishga rozilik berdi. Bu haqida insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli belgilayik futbolchi va turk klubi o‘rtasida ehtimoliy transfer shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishilgan. Endi navbat «Napoli» va «Fenerbahçe» o‘rtasidagi muzokaralarga keldi.
Xabar qilinishicha, «Fenerbahçe» allaqachon forvard uchun ilk taklifini yo‘llagan — taxminan 6 million yevro atrofida. «Napoli» esa Lukaku uchun qariyb 12 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda.
Belgilayik hujumchining neapol klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Avvalroq Lukaku jamoaning mavsumoldi yig‘inlariga qo‘shilmagani, «Napoli» esa uni 10 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda Lukaku «Napoli» tarkibida bor-yo‘g‘i beshta o‘yin o‘tkazdi, bir gol urdi va bir marta sariq kartochka oldi.

Fikrlar