Ronald: «Birinchi 20 daqiqada raqibni yirtib tashlashimiz kerak»

  • 11.09.2026 13:41
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Al-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Abha»ga qarshi o‘yin oldidan jamoadoshlariga ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlovchi nutq so‘zladi.

 

«Yigitlar, sizlarga shuni aytmoqchiman: oxirgi o‘yin ortida qoldi. Endi esa navbatdagi bahsga e’tibor qaratamiz. Dastlabki 20 daqiqada raqibni butunlay bosim ostida ushlashimiz kerak. Ularni bizga qarshi g‘alaba qozonish deyarli imkonsiz ekaniga ishontirishimiz zarur. Shu 20 daqiqa juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘yinni juda kuchli boshlashimiz kerak. Olg‘a!» – deya Ronalduning so‘zlarini Al Nassr Zone sahifasi keltirgan.

 

Ma’lumki, ushbu uchrashuv «Al-Nasr»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Krishtianu Ronaldo o‘yinning 22-daqiqasida gol urib, jamoasining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!