
Ronaldino go‘sht uchun qamoqxonada futbol o‘ynaydimi?
Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldino Paragvaydagi qamoqxonalardan birida jazo muddatini o‘tayotganidan xabaringiz bor.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 39 yoshli sobiq futbolchi qamoqxona futbol musobaqasida ishtirok etishi mumkin. G‘olib jamoaga 16 kg go‘sht mukofoti qo‘yilgan.
Biroq, hozircha Ronaldino ushbu musobaqada ishtirok etish yoki etmasligi haqida o‘z qarorini ma’lum qilmagan.
Fikrlar