Ana xolos! Ronaldinoning “pora” bergani fosh bo‘ldi

  • 27 may, 2020, 17:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Kataniya” jamoasining sobiq himoyachisi Pablo Sebastyan Alvares jurnalistlarga Ronaldino bilan bog‘liq qiziqarli voqeani aytib berdi.

Tecno

- Men ko‘p mashhur futbolchilarga qarshi o‘ynaganman. Qiziq voqea “Milan” hujumchisi Ronaldino bilan bog‘liq. Menda uning futbolkasi bor. Hammasi tanaffus vaqtida sodir bo‘ldi. Birinchi bo‘limdan keyin kiyim almashtirish xonasiga ketayotganimizda oldimga Ronaldino keldi. Shart futbolkasini echib, menga berdi va “Pablo shuni olginda, o‘yinda boshqa meni urma, iltimos”, - dedi. Mening vazifam qanday qilib bo‘lsa ham uni to‘xtatish edi,- deb eslaydi tajribali futbolchi.

Braziliyalik futbolchi 2008-2011 yillar “Milan” tarkibida 76 ta o‘yinda 20 ta gol urgan va Italiya chempioni bo‘lgan.

“Milan” futbolchisi raqib tomonga o‘tib ketadi

Messi Ronaldinodan qarzdor ekan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!