Ronaldino qamoqxonada o‘ziga do‘st topdi

  • 06.04.2020 22:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldino hujjatlarni qalbakilashtirgani uchun Paragvayda qamoq jazosini o‘tayotganidan xabaringiz bor.

Globoesporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, fintlar qiroli qamoqdagi Pablo ismli do‘sti bilan birga videomurojaat yo‘llagan.

“Barchaga salom, Moraeslar oilasiga ham salom! Men bu erda hujumdagi jamoadoshim Pablo bilan birgaman. U juda yaxshi o‘ynaydi. Biz maydonda ajoyib tandemmiz. Tez orada yana o‘ynaymiz”, - deydi Ronaldino.

Ta’kidlash kerakki, Ronaldino aytayotgan Pablo Sezar Moraes sobiq politsiya xodimi hisoblanadi. U narkotik moddalar savdosida ayblanib, 2019 yilning sentyabridan buyon qamoqda o‘tiripti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!