Ronaldu 2006 yildan buyon bunday natija qayd etmagan edi

  • 27 may, 2019, 12:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu joriy mavsum A Seriya to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘rinni egalladi.

Tecno

34 yoshli portugaliyalik futbolchi Italiya chempionatining 31ta uchrashuvida maydonga tushib 21ta gol urishga erishdi. Raqiblari darvozasiga 26ta gol kiritgan Fabio Kvalyarella ("Sampdoriya") musobaqa to‘purari bo‘ldi. 2- va 3-o‘rinlarni esa Duvan Sapata ("Atalanta" 23) hamda Kshishtof Pyontek ("Milan" 22) egalladi.

Gracenote Live nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Ronaldu 2006 yildan buyon ilk bor milliy chempionatlar to‘purarlari ro‘yxatida kuchli uchlikka kira olmadi. U 2005-2006 yilgi mavsumda “Manchester Yunayted” safida 9ta gol urgan. E’tiborlisi, u o‘shanda xatto to‘purarlar kuchli o‘nligiga ham kira olmagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!