Ronaldu 41-marotaba Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

  • 29.08.2024 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“An-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu yana bir bor o‘z nomini Ginnesning rekordlar kitobiga muhrladi.

Yaqinda Youtube platformasida rasmiy kanalini ochgan 39 yoshli to‘purar obunachi yig‘ish bo‘yicha ketma-ket bir necha rekordni urgandi.

Ronalduning rasmiy sahifasiga 24 soat ichida 20 millionga yaqin obunachi a’zo bo‘ldi. Aynan mana shu ko‘rsatkich Ginnes rekordi sifatida qayd etildi.

Yanada aniqroq aytganda, Ronalduning sahifasi 24 soat ichida 19 729 827 nafar odam to‘blab, Youtube rekordini o‘rnatgani Ginnesning rekordlar kitobi ekspertlari tomonidan rasman qayd etildi.

Bu portugaliyalik to‘purarning mashhur kitobga kiritilgan 41-rekordi bo‘ldi. Ronaldu bu ko‘rsatkich bo‘yicha ko‘p yillik raqobatchisi Lionel Messiga teglashib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!