Ronaldu 9,5 mln evroga yangi mashina sotib oldi (FOTO)

  • 28 mart, 2020, 09:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu yangi Bugatti Centodieci avtomobiliga ega bo‘ladi.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 35 yoshli portugaliyalik futbolchining yangi sportkari 9,5 million evro turadi. E’tiborlisi, ushbu avtomobil dunyo bo‘yicha bor yo‘g‘i 10 ta nusxada ishlab chiqariladi xolos.

Ta’kidlash kerakki, ushbu avtomobil Bugatti kompaniyasining 110 yillik yubileyiga bag‘ishlangan. Biroq, ushbu mashina Ronalduga 2021 yilda etkazib beriladi.

rona_3

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu ayni damda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Madeyra orolida karantinda bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SHAXBOZ Bekmurodov
28/03/2020 09:43
Kirishtee shu mashena olib charchamadida