Ronaldu 90 ta urinishdan bitta gol urdi
Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2017 yildan beri 90 marotaba jarima zarbasini bajargan.
O‘shanda “Real” futbolchisi hisoblangan mashhur to‘purar keyin 2018-2021 yillar davomida “Yuventus” sharafini himoya qilib, yuzdan ortiq to‘p kiritdi.
O‘tgan yilning avgustidan sobiq jamoasi – 2003-2009 yillarda o‘ynagan “Manchester Yunayted”ga qaytdi.
Mana shu uchta jamoa safida bajargan 90 ta jarima zarbasidan bir marotaba gol urgani Ronaldu bu borada omadsiz ekanidan dalolat beradi.
Portugaliyalik to‘purar joriy mavsumda manchesterliklar safida premer-ligada sakkizta, Chempionlar ligasida oltita gol urdi.

Fikrlar