
Ronaldu almashtirib bo‘lmas o‘yinchimi? Sulsher javob berdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa yulduzi Krishtianu Ronalduning jamoadagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
– Krishtianu almashtirib bo‘lmas o‘yinchimi?
– Biz uning maydon va uning tashqarisida sheriklariga katta ta’sir ko‘rsatishini bilamiz. Ronaldu professional. Men u ko‘rsatayotgan futboldan juda mamnunman. Hozirgi Krishtianu men bilan birga o‘ynagan paytdagi yigitcha emas.
U tinmay shug‘ullanadigan, o‘yinlarga jiddiy qaraydigan yuqori darajadagi futbolchi. Krishtianu har bir uchrashuvda maydonga tusha olmasligini biladi. Ronaldu va Kavanini birga ko‘rish ajoyib. Raqiblarimiz bizni juda yaxshi o‘rganishini bilamiz va bunda maydonda bo‘sh joy qolmaydi.
Fikrlar