Ronaldu APL tarixidagi eng yaxshi!

  • 26 dekabr, 2020, 03:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Sports telekanali APL tarixidagi eng yaxshi transferlar ro‘yxatini e’lon qildi.

2003 yilda 12 mln funt sterling evaziga "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronalduning transferi eng yaxshisi, deb topildi. Portugaliyalik futbolchi MYuda 6 mavsum o‘tkazib, 3 marotaba Premer liga va bir marta ChL g‘olibiga aylangan.

Quyida, APL tarixidagi eng yaxshi transferlar o‘nligini ko‘rishingiz mumkin:

1. Krishtianu Ronaldu 2003 yili "Sporting"dan, MYuga;

2. Terri Anri 1999 yili "Yuventus"dan, "Arsenal"ga;

3. Erik Kantona 1992 yildi "Lids"dan, MYuga;

4. Frenk Lempard 2001 yili "Vest Xem"dan, "Chelsi"ga;

5. Roy Kin 1993 yili "Nottingem Forest"dan, MYuga;

6. Dide Drogba 2004 yili "Marsel"dan, "Chelsi"ga;

7. Sol Kempbell 2001 yili "Tottenxem"dan, "Arsenal"ga;

8. Ueyn Runi 2004 yili "Everton"dan, MYuga;

9. Vensan Kompani 2008 yili "Gamburg"dan, "Manchester Siti"ga;

10. Alan Shirer 1996 yili "Blekbern"dan, "Nyukasl"ga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!