
Ronaldu bilan yutuqlarni qo‘lga kiritmasang uyat bo‘ladi
“Yuventus”ning tajribali himoyachisi Jorjo Kellini jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlarni bildirdi.
- Baxtimga u hozir mening jamoadoshim. Ronalduning kelgani “Yuventus”ga ko‘p foyda berdi. Senda shunday chempion borligida katta yutuqlarni qo‘lga kiritmasang uyat bo‘ladi, - dedi Kellini.
Jorjoning o‘zi Turin klubida 2005 yildan buyon to‘p surmoqda. U jami 509 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini 36 marotaba ishg‘ol qilgan va 20 ta golli pas uzatgan.
2018 yil o‘rtalarida 117 million evro evaziga “Yuventus”ga kelgan Ronaldu jamoaning asosiy to‘purariga aylandi. Shunday bo‘lsa-da, portugaliyalik hujumchi yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Fikrlar