Ronaldu bitta o‘yinda rekordlarni qalashtirib tashladi

  • 10 yanvar, 08:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni Professional ligasining 14-turida “An-Nasr” jamoasi “Al-Uhdud” bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Tecno

Riyodliklarga Sadio Manening ikki va Krishtianu Ronalduning bir goli g‘alaba keltirdi.

Bu uchrashuvda Ronaldu bir necha statistik ko‘rsatkichlarni yangiladi. Xususan, 39 yoshli forvard faoliyatidagi 917-golini urdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ronaldu jahon futbolida yaqqol rekordchi hisoblanadi.

Krishtianu faoliyati davomida klublar miqyosidagi gollari sonini 782 taga etkazib oldi va xalqaro maydonda Portugaliya terma jamoasi uchun 135 ta gol ham urgan.

Ronaldu ilk bor 2002 yili “Sporting” safida to‘p kiritgan. Shundan beri 24 yil davomida tinimsiz to‘p kiritib kelmoqda. “Al-Uhdud”ga urilgan gol portugaliyalik hujumchi uchun 2025 yilgani birinchi nishon bo‘ldi.

Bir oydan keyin 40 yoshni qoralaydigan tajribali hujumchi klub va terma jamoadagi oxirgi oltita o‘yinda raqiblar darvozasini to‘qqiz marta ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!