Eng qimmat futbolchilar top-45 talikda Ronalduga joy topilmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Koronavirus pandemiyasi ortidan futbolchilarning narxlari pasayishda davom etmoqda. Transfermarkt nashri ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 67,5 million funtdan 54 million funtgacha arzonlagan.

Shunday qilib, portugaliyalik forvard qimmat futbolchilar top-20 taligidan chiqib ketib, 46-pog‘onadan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, jahonning eng qimmat futbolchilar ro‘yxatini PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 162 million funt sterling bilan boshqarib kelmoqda. Bungacha frantsiyalik futbolchining transfer narxi 180 million funtni tashkil qilar edi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" etakchisi Lionel Messi 100,8 million funtga baholanmoqda. U top futbolchilar ro‘yxatida 9 o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Даврон Курбанов
29/04/2020 12:28
Arzon bo'lsa ham undan oldinda turgan futbolchilardan effektniy o'yin ko'rsatadi.
U arzonlasaham baribir soqqani yig'ib olgan.Uni topgan pullari nevara evara va chevaralariga ham yetadi.