Ronaldu: Boshqa maydonga tushmayman...

  • 18 noyabr, 2022, 21:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi g‘olib chiqsa, boshqa maydonga tushmasligini bildirdi.

- Portugaliyani jahon chempioni qila olsam, faoliyatimni yakunlaymanmi? Ha, xuddi shunday qilaman. Yuz foiz, - dedi Krishtianu Ronaldu.

37 yoshli hujumchi faoliyatini 2002 yili “Sporting” tarkibida boshlagan. Shuningdek, klublar miqyosida “Real”, “Yuventus”da to‘p tepgan, hozir “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan.

Ronaldu futbol tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Shuningdek, portugaliyalik yulduz terma jamoada to‘p kiritish bo‘yicha ham jahon rekordchisiga aylangan.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 191 ta uchrashuvda 117 ta gol urib, mutlaq rekord o‘rnatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!