
Ronaldu ertaga Chempionlar ligasida o‘ynamaydimi?
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoaga yangi kelgan Krishtianu Ronalduni zaxiraga olib qolishi mumkinligi haqida gapirdi.
Ma’lumki, manchesterliklar seshanba kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi turida Shveytsariyaning “Yang Boyz” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
- Ronaldu o‘zini ehtiyot qiladigan futbolchi. U mavsumoldi mashg‘ulotlarida yaxshi qatnashgan va tez tiklana oladi.
Seshanba kuni “Yang Boyz” bilan safar uchrashuvimiz bor. Men Ronalduni zaxirada qoldirishda biror muammo ko‘rmayapman. U 36 yoshda, Grinvud esa 19 ta kirdi. Biroq ularning maydondagi o‘yin vaqtida deyarli farq bo‘lmaydi, - dedi Sulsher.
Ronaldu kuni kecha Angliya premer-ligasidagi debyut uchrashuvida "Nyukasl" darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar