
Ronaldu "Evro-2020" guruh bosqichining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa chempionati guruh bosqichining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
36 yoshli futbolchi “Evro-2020” guruh bosqichida raqiblari darvozasini 5 marotaba ishg‘ol qilishga erishdi. U Vengriya va Frantsiya darvozasiga 2 ta, Germaniyaga esa 1 ta gol urdi. U shuningdek, jamoasining 1 ta goliga assistentlik ham qildi.
Ronaldu bu borada eng yaqin ta’qibchisini 2 ta golga ortda qoldirdi.
Evropa chempionatining guruh bosqichida Patrik Shik (Chexiya), Emil Forsberg (Shvetsiya), Romelu Lukaku (Belgiya), Jordjino Veynaldum (Niderlandiya) i Robert Levandovski (Polsha) 3 tadan gol urishga erishdi.
Fikrlar