Ronaldu Evro-2020 saralashida ketma-ket 6 ta o‘yinda gol urdi
Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu Evro-2020 saralash bosqichi doirasida Lyuksemburg (2:0) ga qarshi kechgan bahsda gol urdi.
Bungacha, Ronaldu Serbiya (4:2), Lyuksemburg (3:0) va Ukraina (1:2) darvozasiga bittadan gol urgan edi.
Bundan tashqari, Litva (5:1, 6:0) ga qarshi kechgan 2 ta bellashuvda poker va xet-trik qayd etdi.
Bu bilan, "Yuventus" hujumchisi Evro-2020 saralashi doirasida ketma-ket 6 ta uchrashuvda gol urdi.
Ma’lumot uchun, ushbu turnirning saralashida Krishtianu Ronaldu Xarri Keyn va Eran Zaxavi bilan bir qatorda 11 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida etakchilik qilmoqda. Ammo, Angliya va Isroil terma jamoalari bittadan kam o‘yin o‘tkazishgan.



Fikrlar