Ronaldu faoliyatini qachon yakunlaydi?

  • 23.07.2022 14:20
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi. Mutaxassis o‘z shogirdi faoliyatini qachon tugatishi mumkinligi borasida fikr bildirdi.

“Krishtianu 40 yoshgacha o‘ynashga tayyor. Ha, u o‘zining jismoniy holati oldingi kabi emasligini yaxshi biladi, lekin shunday bo‘lsa-da, Ronaldu hamon top-formada bo‘lib turibdi. U qachonki, avvalgi Ronaldu bo‘la olmasligini tushunsagina, faoliyatini yakunlaydi.

Krishtianu o‘z obro‘sini pasaytirib, faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ladigan futbolchilardan emas”, - dedi Santush “TVI24” telekanaliga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!