
Ronaldu hammaga murojaat qildi
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionati Evropa saralash turniri doirasidagi muhim uchrashuvlar oldidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali murojaat yo‘lladi.
Robert Martines shogirdlari 11 oktyabr kuni Irlandiya va 14 oktyabr kuni Vengriya terma jamoalariga qarshi ikkita saralash o‘yinida ishtirok etadi.
- Bor e’tiborimizni oldimizdagi vazifamizga qarataylik, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu.
Ronalduning o‘zi saralash turnirining avvalgi ikki uchrashuvida raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi va jamoasining g‘alabalariga katta hissa qo‘shdi. Portugaliya olti ochko bilan F guruhida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar