
Ronaldu ikki yulduzning bir o‘yinda o‘rnatgan rekordini bittada yo‘qqa chiqardi
Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi Portugaliya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi finalida Evropaning amaldagi chempioni Ispaniya futbolchilarini mag‘lub etib, bosh sovrin sohibi bo‘ldi.
Ispanlar o‘yin davomida ikki marta hisobda oldinda borgan bo‘lsa-da, portugaliyaliklar bahsni durang bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘shimcha taymlarda 2:2 hisobi o‘zgarmagach, g‘olib penaltilar seriyasidan aniqlandi.
Unda Portugaliya terma jamoasi 5:3 hisobida zafar quchdi.
Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi finalida ishtirok etgan eng yoshi katta futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi. O‘yin o‘tkazilgan kuni to‘purar 40 yoshu 203 kunlik edi. Bu ko‘rsatkich yangi rekord sifatida qayd etildi.
Avvalgi rekord 2023 yili Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda qayd etilgan. O‘sha bahsda qatnashgan Luka Modrich 37 yoshu 282 kunlik, Xesus Navas esa 37 yoshu 209 kunlik bo‘lib, turnir tarixidagi eng yoshi katta o‘yinchilar sifatida rekordchi bo‘lgandi.
Endi bu rekord ham Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi.
Fikrlar