Ronaldu Italiyaga qaytmoqchi emas

  • 28.04.2020 13:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu yaqin orada Italiyaga ketmoqchi emas. Bu haqda Record nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli portugaliyalik futbolchi yana bir necha kuni Madeyradagi villasida qolmoqchi. Aytish kerakki, u 1,5 oydan buyon o‘z vatanida bo‘lib turibdi.

Ronaldu bu mavsum “Yuventus” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 25 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!