Ronaldu Kevin de Bryuynega o‘ta katta maosh gaplashib beryapti

  • 6 oktabr, 2024, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatini “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne olib kelishga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti.

Mirror nashrining yozishicha, Ronaldu saudiyaliklardan  belgiyalik hujumkor futbolchiga bir hafta uchun 1 million funt miqdorida maosh ajratishni so‘ragan.

Ronaldu agar Kevin de Bryuyne klubga qo‘shilsa, “An-Nasr” Saudiya Arabistonining eng qudratli jamoasiga aylanishiga ishonyapti.

33 yoshli pleymeykerning manchesterliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Kevin de Bryuynening o‘zi avvalroq Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!