
Ronaldu kuchli o‘nlikka kirdi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar o‘nligiga kirdi.
Kecha UEFA Millatlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan Frantsiyaga (0:1) qarshi uchrashuv 35 yoshli Ronaldu uchun Portugaliya terma jamoasi safidagi 169-o‘yin bo‘ldi. Bu boradagi jahon rekordi misrlik Ahmad Hassanga tegishli. U terma jamoasi safida 184 marotaba maydonga tushgan.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasida 2003 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida terma jamoada 102 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar