Ronaldu Manchesterga uchib keldi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliyaga uchib keldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
36 yoshli portugaliyalik forvard payshanba kuni kechasi Manchesterga etib kelgan. Krishtianuni aeroportda "qizil iblislar"ning sobiq futbolchisi Darren Fletcher kutib oldi. Fletcher hozirda MYuning direktori hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu Portugaliya terma jamoasining Qatarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. KriRo 11 sentyabr kuni "Nyukasl"ga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.

Fikrlar