Ronaldu MYudagi kelajagi haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Erik ten Hag boshchiligidagi “qizil iblislar” kelasi mavsumda sovrin yuta olishiga umid bildirdi. Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar so‘nggi kubokni 2017 yilda qo‘lga kiritgan edi (Evropa ligasi).
"Men ten Hag jamoaga katta yordam berishiga ishonaman. Umid qilamanki, keyingi mavsumda biz sovrinlar qo‘lga kirita olamiz. Futbolchilar o‘z ustida ishlashi kerak. Ko‘ramiz, kelajakda nima bo‘lar ekan”, - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi “Manchester Yunayted” rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu o‘tgan yozda Turinning "Yuventus" klubidan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi. Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda Premer-ligada 18 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar