Ronaldu nega faoliyatini Bundesligada davom ettira olmaydi?

  • 20 avgust, 2022, 13:21
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Dortmundning "Borussiya" klubiga o‘tishi mumkinligi borasidagi xabarlarga izoh berdi.

Tecno

“Ronaldu “Borussiya”ga o‘tishi borasidagi xabarlarga izoh berishni istamayman. Boisi, uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi bor. U goleadorlik salohiyatini namoyish etayotgan futbolchilardan biri hisoblanadi. Biroq uning keyingi rejalaridan xabarim yo‘q.

Gap shundaki, Ronalduga maosh to‘lash uchun da’vogar klublarda etarlicha pul bo‘lishi kerak. Ammo Bundesligada uning maoshini to‘liq qoplay oladigan klub bor deb o‘ylamayman”- deya Nagelsmanning so‘zlarini keltiradi “SAPO Desporto” nashri.

Oldinroq Dortmundning "Borussiya" klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vattske klub Krishtianu Ronalduning transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazmaganini aytdi.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu o‘tgan yozda "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi, futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!