Ronaldu: Nima bo‘lsa ham, “Yuve”dan ketsam bo‘ldi!

  • 27 avgust, 2021, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar Turin klubini tark etishga qaror qilgan.

Tecno

Avvalroq, uning agenti Jorje Mendesh Turinga kelgani va “Yuventus” rahbarlari bilan muzokara boshlagani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Krishtianu Ronaldu Manchester Siti”ga o‘tishi kutilyapti.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, “shaharliklar” to‘purar hujumchi transferi uchun italiyaliklarga 30 million evro to‘lashga rozi bo‘lgan.

Ronalduning o‘zi esa manchesterliklar taklif qilgan yiliga 15 million evro maosh uchun to‘p tepishga rozi ekanini bildirdi. Ayni paytda portugaliyalik yulduz A Seriya klubidan yiliga 31 million evro maosh olyapti.

Klubga yaqin manbalar Krishtianu Ronaldu klubdan hamma narsasini yig‘ishtirib chiqib ketganini yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!