
Ronaldu nimadan norozi?
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga ayrim jamoadoshlarining ishga bo‘lgan munosabati yoqmayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianu Ronaldu va Edinson Kavani kabi tajribali hujumchilarning jamoaga ta’siri katta. Ayrim futbolchilar mashhur to‘purarlar bilan yonma-yon o‘ynab, Sulsherning mashg‘ulotlaridan ko‘ra ko‘proq foyda olganini e’tirof etmoqda.
Biroq, portugaliyalik hujumchi ayrim jamoadoshlari mehnat qilmay ko‘p narsaga erishmoqchi bo‘layotganidan norozi bo‘lmoqda. Qolaversa, Ronaldu Manchesterga kelgandan beri jamoaning avvalgi darajasi yo‘qolib borayotganini sezganini aytib kelmoqda.
Ronaldu “Manchester Yunayted” joriy mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, klubdan ketishini bildirgan.
Fikrlar