Ronaldu "Oltin To‘p"ga nomzodi kiritilmagan haqida: "Bizni bundan ham muhimroq ishlar kutib turibdi!"

  • 7 sentabr, 2023, 16:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu 2003 yildan beri ilk bor "Oltin To‘p"ga da’vogarlar ro‘yxatidan joy olmadi. Uning 18 yillik ajoyib seriyasi o‘z yakuniga etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi quyidagicha fikr bildirdi.

"Hayot istalgan vaqtda keskin o‘zgarib ketishi mumkin. Oxirgi voqealar menga har soniyani qadrlash kerak ekanini anglatdi. 

Ayni paytda bor e’tiborimni Evropa chempionati saralashiga qaratganman. Bizni bundan ham muhimroq ishlar kutib turibdi. Keyin nima bo‘lishini vaqt o‘tgach, bilib olamiz.

Lahzalarni qadrlash muhim ahamiyatga ega. Hayot - o‘zgaruvchan", - dedi portugaliyalik megayulduz.

Bu gaplardan shuni anglash mumkinki, Krishtianu bor e’tiborini shaxsiy emas, jamoaviy sovrinlarni qo‘lga kiritishga qaratgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!