Ronaldu Osiyoda turib Evropaning nufuzli sovrinini oladi

  • 27 avgust, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni Professional ligasida “An-nasr” sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronaldu UEFAning nufuzli sovrinini oladigan bo‘ldi.

39 yoshli yulduzga Evrrpa Chempionlar ligasi tarixidagi eng zo‘r to‘purar sovrini topshiriladi. Bu haqda UEFA tashkiloti matbuot xizmati rasman ma’lumot berdi.

Ronaldu Portugaliyaning “Sporting”, Angliyaning “Manchester Yunayted”, Ispaniyaning “Real”, Italiyaning “Yuventus” jamoalari safida Evropa qit’asining eng nufuzli musobaqasi hisoblangan Chempionlar ligasida 183 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 140 marotaba ishg‘ol qilgan.

- Krishtianu Ronaldu — Chempionlar ligasining eng yorqin yulduzlaridan. Uning musobaqada to‘purarlik borasida aqlbovar qilmas ko‘rsatkichlarni vaqt sinovidan o‘tdi va yangi avlodlar uchun murakkab chaqiriq bo‘lib qolaveradi, - deyiladi UEFA bayonotida.

Krishtianu Ronaldu jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.  U hozirgacha klublar miqyosida 1016 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 762 ta gol va 239 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Bundan tashqari, Portugaliya terma jamoasida 212 ta bellashuvda 130 ta to‘p kiritib, xalqaro miqyosda eng ko‘p o‘yin o‘tkazish va gol urish bo‘yicha ham yaqqol rekord o‘rnatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!