Ronaldu otdan tushsa ham egardan tushmaydi

  • 21 sentabr, 2022, 10:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchi – Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi kelajagi bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Men yana bir necha yil davomida terma jamoaning bo‘lagi bo‘lishga umid qilaman. Maqsadlarim buyuk. Hali hamon ishtiyoqim baland. Terma jamoadagi yo‘lim oxiriga etgani yo‘q.

Terma jamoamizda iqtidorli yoshlar ko‘p. Oldinda jahon chempionati bor. Bundan tashqari, keyingi Evropa chempionatida ham to‘p tepishni istayman, - dedi 37 yoshli Ronaldu.

Ronaldu terma jamoa uchun gol urishda jahon rekordchichi hisoblanadi. Uning hisobida 117 ta to‘p bor. Ronaldudan tashqari faqat avvalgi rekordchi – eronlik Ali Dayi terma jamoasi uchun yuzdan ortiq, aniqrog‘i 109 ta to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!