
Ronaldu o‘z onasiga avtomashina sovg‘a qildi (FOTO)
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliyadagi onalar bayrami bilan o‘z onasi Doloreshni tabriklagani haqida ma’lumot bergan edik.
Futbolchining onasi o‘z Instagram sahifasiga Mercedes-Benz GLC Coupé yonida guldasta bilan tushgan suratini joyladi.
"Bugungi sovg‘alar uchun farzandlarimga minnatdorchilik bildiraman. Barcha onalar kuningiz xursandchilikda o‘tsin," - deb yozdi Dolores.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu onasi bilan birga o‘z ayoli Jorjina Rodrigesni ham tabriklagan edi.
Fikrlar