Ronaldu qachongacha futbol o‘ynashini aytdi

  • 18.11.2022 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir necha yil yuqori saviyada o‘ynay olishiga ishonmoqda.

Portugaliyalik hujumchi jurnalistlarga kelajakdagi rejalari haqida ma’lumot berdi.

- Men yana ko‘pi bilan ikki-uch yil o‘ynashni istayman. Faoliyatimni 40 yoshimda tugatmoqchiman. Lekin oldinda o‘zingni nima kutib turganini bilmaysan, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Portugaliyalik yulduz klublar miqyosida “Sporting”, “Real”, “Yuventus” va “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. U jahon futbolida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi hisoblanadi.

Shuningdek, Ronaldu Portugaliya terma jamoasida 191 ta uchrashuvda qatnashib, gollari sonini 117 taga etkazgan va bu borada ham mutlaq rekord o‘rnatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!