
Ronaldu qaysarlik qilishda davom etmoqda
Krishtianu Ronaldu zaxira futbolchilari bilan mashg‘ulot o‘tkazishdan bosh tortdi.
Kecha hujumchi Jahon Chempionati 1/8 finali doirasida Shveytsariyaga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan.
"Marca" nashrining xabar berishicha, 73-daqiqada maydonga tushgan futbolchi zaxira o‘yinchilari bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazishdan bosh tortgan.
Ma’lumot uchun, bugun asosiy tarkib futbolchilari mashg‘ulot zalida shug‘ullangan bo‘lsa, Shveytsariyaga qarshi zaxirada qolgan o‘yinchilar maydonda mashg‘ulot olib bordi.
Fikrlar