
Ronaldu qimmatbaho futbolchining Saudiyaga kelishni kutyapti
Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” bilan shartnoma imzolab, Evropaning ko‘plab mashhur o‘yinchilari uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l ochib berdi.
Football Insider nashrining yozishicha, jamoasi bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan 39 yoshli portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted”dan braziliyalik legioner Antonining “An-nasr”ga o‘tishi kutmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, riyodliklar “Barselona” hujumkor futbolchisi Rafinyani “An-Nasr”ga o‘tishga ko‘ndira olmaganidan keyin Antoniga e’tibor qaratgan.
Manchesterliklar Antonini 2022 yilning yozida katta umidlar bilan “Ayaks”dan 95 million evroga transfer qilgandi. Biroq bu futbolchi kutilgan ishonchni oqlamadi.
Antoni “Yunayted”ga kelganidan beri barcha turnirlarda 82 marotaba maydonga tushiyu, o‘z hisobiga 11 ta gol va 5 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Ayni paytda braziliyalik qanot hujumchisining transfer narxi bir necha baravar arzonlashib, 25 million evroga tushib qolgan.
Fikrlar