Ronaldu Ramosning rekordini takrorladi

  • 2 sentabr, 2021, 15:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha JCh-2022 saralashi doirasida Irlandiyaga (2:1) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.

36 yoshli futbolchi shu kuni o‘zining “Real”dagi sobiq jamoadoshi  Serxio Ramosning rekordini ham takrorladi. Hozircha ikkala futbolchi Evropa miqyosida terma jamoalarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi bo‘lib turibdi. Ular hisobida 180 tadan o‘yin mavjud.

Bu borada dunyoda malayziyalik So Chin Aun mutlaq rekordchi hisoblanadi. U terma jamoa safida 195 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!